Sayt test rejimida ishlamoqda
« Yong'in xavfsizligini
ta'minlash - eng ustuvor vazifa! »
Sigareta chekishda ehtiyotsizlik oqibati
2019-yilning 11-sentyabr kuni soat 03 dan 45 daqiqa oʻtganda Fargʻona viloyati Oltiariq tumani “Ustoz” MFY, Tabassum koʻchasida joylashgan ikki qoʻshni uylarda yongʻin boʻlayotganligi haqida yongʻin-qutqaruv qismiga xabar kelib tushgan.
Sigareta chekishda ehtiyotsizlik oqibati

Yongʻin haqida alanga maydoni kengayib ketgandan soʻng yongʻin xavfsizligi xizmatiga xabar berilgani uchun 4 ta yongʻin oʻchirish boʻlinmalari koʻrsatilgan manzilga yetib borganida imoratning asosiy tom qurilish konstruksiyalari yonayotganligi maʼlum boʻlgan. Birinchi boʻlinmalar koʻrsatilgan manzilga soat 04:00 da yetib borgan (eng yaqin yongʻin-qutqaruv qismigacha masofa 17 km). Koʻrilgan tezkor harakatlar natijasida yongʻin soat 04:05 da qurshab olingan va soat 05:05 da toʻliq oʻchirilgan.
Yongʻin oqibatida 71-uyning 200 kv.metr maydonda tomi, shifti va uy jihozlari hamda 72-uy darvozaxonasining 10 kv.metr maydonda tom qismi yonib zararlangan. Yongʻindan 71-uyning uyning 100 kv.metr va 72-uyning esa 200 kv.metr maydoni saqlab qolingan. Yongʻin vaqtida 71-uy egasi fuqaro Yo.Gʻiyosov kuyish tan jarohati olib shifoxonaga yuborilgan (ahvoli qoniqarli). Yongʻinni taxminiy sababi sigareta chekishda ehtiyotsizlikdan. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

2 3

Oʻzbekiston Respublikasi FVV YOXBB OAV bilan hamkorlik qilish boʻlinmasi

11.09.2019
5
Kalendar
Сентябрь 2017
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
So'rovnomalar
Qanday mavzulardagi yangiliklar sizni boshqalardan ko‘ra ko‘proq qiziqtiradi?
  • Sodir bo'lgan yong'inlar haqida ma'lumotlar
  • Jinoyatchilikka oid yangiliklar
  • IIV yangiliklari
  • Xalqaro hamkorlik
  • Menga baribir

Yong‘in bolalar nigohida
This is Photoshop's version of Lorem Ipsum. Proin gravida nibh vel velit auctor aliquet. Aenean sollicitudin, lorem quis bibendum auctor, nisi elit consequat ipsum, nec sagittis sem nibh id elit. Duis sed odio sit amet nibh vulputate cursus a