Sayt test rejimida ishlamoqda
« Yong'in xavfsizligini
ta'minlash - eng ustuvor vazifa! »
YoSHLARGA EʼTIBOR!
YoSHLARGA EʼTIBOR!

Har yili sentyabr oyining boshida respublikamizning barcha umumtaʼlim maktablarida “Birinchi qoʻngʻiroq” bayram tadbirlari va shu bilan birga “Bilimlar kuni” keng nishonlanadi.

Bu yilgi ushbu bayram tadbirlari esa har yilgidan noodatiy tarzda, oʻzgacha koʻtarinki kayfiyatda oʻtdi. Yani, Davlat va xoʻjalik boshqaruv organlarining rahbar va xodimlari bilim dargohlariga tashrifi buning bir misolidir.

Xususan, 5-sentyabr kuni Toshkent viloyati  FVB Yongʻin xavfsizligi boshqarmasi boʻlim boshligʻi mayor M.Mirzaxodjayev ham oʻzi tahsil olgan Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan 286-sonli umumtaʼlim maktabiga tashrif buyurdi.

286-sonli umumtaʼlim maktabida oʻtkazilgan manaviyat soatida mayor M.R.Mirzaxodjayev soʻzga chiqib, avvalo taʼlim bergan ustozlariga alohida minnatdorchilik bildirdi. Oʻquvchi-yoshlarni yangi oʻquv yili bilan tabriklab, oʻzining maktab davrlarini ham yodga oldi.

Oʻquvchi yoshlarga Prezidentimiz tomonidan qaratilayotgan eʼtibor va yuksak ishonchni, yaratilayotgan shart-sharoitlarni chuqur his etib, yanada yuqori marralarga erishishlarini, mamlakatimiz kelajagi yosh avlodlar qoʻlida ekanligini, bugungi kunda mamlakatimizda 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi asosida barcha soha va tarmoqlarda ulkan oʻzgarishlar amalga oshirilayotganligini, bu borada jamiyat hayotida ezgu qadriyat va anʼanalarni chuqur qaror toptirishga, xususan, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning maʼnaviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuygʻusi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega boʻlgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida eʼtibor qaratilayotganligini yana bir bor taʼkidlab oʻtdi.

Tadbir soʻnggida maktab kutubxonasiga 200 ga yaqin  kitoblar sovgʻa qilindi. Shu bilan birga oʻquvchilarga istiqloldek neʼmatning qadriga yetib, chuqur bilim, ilm olib, buyuk bobolarimiz Amir Temur, Jaloliddin Manguberdilar kabi mard, jasur boʻlib, ajdodlarga munosib farzand boʻlishlariga ishonch bildirdi.

2 3 4

 Oʻzbekiston Respublikasi FVV YOXBB OAV bilan hamkorlik qilish boʻlinmasi

09.09.2019
10
Kalendar
Сентябрь 2017
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
So'rovnomalar
Qanday mavzulardagi yangiliklar sizni boshqalardan ko‘ra ko‘proq qiziqtiradi?
  • Sodir bo'lgan yong'inlar haqida ma'lumotlar
  • Jinoyatchilikka oid yangiliklar
  • IIV yangiliklari
  • Xalqaro hamkorlik
  • Menga baribir

Yong‘in bolalar nigohida
This is Photoshop's version of Lorem Ipsum. Proin gravida nibh vel velit auctor aliquet. Aenean sollicitudin, lorem quis bibendum auctor, nisi elit consequat ipsum, nec sagittis sem nibh id elit. Duis sed odio sit amet nibh vulputate cursus a