Sayt test rejimida ishlamoqda
« Yong'in xavfsizligini
ta'minlash - eng ustuvor vazifa! »
Yongʻinlar statistikasi

Respublika hududida 2019 yilning oʻtgan 9 oyi mobaynida sodir boʻlgan yongʻinlar statistikasi

Yongʻin xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan 2019-yilning oʻtgan 9 oyi davomida oʻtkazilgan profilaktik ishlari natijasida 15441 ta bino va inshootlarda yongʻin kelib chiqish xavfi oldi olingan. Sodir boʻlgan yongʻinlarni oʻchirish vaqtida koʻrilgan tezkor harakatlar natijasida 30 nafar insonlar qutqarilgan, 624 bosh uy xayvonlari, 113 xil texnikalar, 268 mlrd. soʻmdan ziyod bino va inshootlar qurilmalari va 86 mlrd. soʻmdan ortiq moddiy boyliklar saqlanib qolingan. Shuningdek, fuqarolarning yongʻin xavfsizligini taʼminlashga oid bilim koʻniklamalariga ega boʻlib borishi natijasida 2019-yilning oʻtgan 9 oyi davomida sodir boʻlgan yongʻinlar, 2018-yilning mos davriga nisbatan 358 taga, yongʻinlarda insonlarning halok boʻlishi 9 taga va tan jarohati olishi 58 taga kamaygan.

Lekin, olib borilayotgan ishlarga qaramasdan 2019-yilning oʻtgan 9 oyi davomida respublika hududida jami 8397 ta yongʻinlar qayd etilib, ushbu yongʻinlarda 82 nafar inson halok boʻlgan va 219 nafar kishi tan jarohati olgan. Jami sodir boʻlgan yongʻinlarning 68,9 foizi aholi yashash joylarida, 11,6 foizi tadbirkorlik subyektlari obyektlarida, 5,3 foizi transport vositalarida va 1,4 foizi davlat tasarrufidagi obyektlarida yuzaga kelgan. Yongʻinlarning 38,7 foizi ochiq olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish, 30,3 foizi elektr uskunalaridan foydalanish qoidalarini buzilishi, 11,4 foizi isitish pechlarining nosozligi yoki ulardan notoʻgʻri foydalanish, 9,6 foizi bolalarning shoʻxligi va 4 foizi transport vositalaridan foydalanish va tuzilishi qoidalarining buzilishidan sodir boʻlgan.

Oʻzbekiston Respublikasi FVV YOXBB OAV bilan hamkorlik qilish boʻlinmasi

 

03.11.2018
227
Kalendar
Сентябрь 2017
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
So'rovnomalar
Qanday mavzulardagi yangiliklar sizni boshqalardan ko‘ra ko‘proq qiziqtiradi?
  • Sodir bo'lgan yong'inlar haqida ma'lumotlar
  • Jinoyatchilikka oid yangiliklar
  • IIV yangiliklari
  • Xalqaro hamkorlik
  • Menga baribir

Yong‘in bolalar nigohida
This is Photoshop's version of Lorem Ipsum. Proin gravida nibh vel velit auctor aliquet. Aenean sollicitudin, lorem quis bibendum auctor, nisi elit consequat ipsum, nec sagittis sem nibh id elit. Duis sed odio sit amet nibh vulputate cursus a