Sayt test rejimida ishlamoqda
« Yong'in xavfsizligini
ta'minlash - eng ustuvor vazifa! »
DYXXning asosiy funksia va vazifalari

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yongʻin xavfsizligi xizmatining asosiy vazifalari va funksiyalari

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yongʻin xavfsizligi xizmatining asosiy vazifalari va funksiyalari

Quyidagilar yongʻin xavfsizligi xizmati asosiy vazifalari hisoblanadi:

yongʻinlar profilaktikasini tashkil etish va oʻtkazish;

yongʻin xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish hamda aholi yashash punktlarida va boshqa hudud va obyektlarda yongʻin xavfsizligini talab darajasida saqlash;

yongʻinlarni oʻchirishni tashkil etish, yongʻin zonasida qolgan odamlarni hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini qutqarish, shuningdek atrof tabiiy muhitni yongʻinlardan himoya qilish;

yongʻin xavfsizligi xizmati bulinmalari xodimlari malakasini oshirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlashning samarali tizimini yaratish, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish tartibini takomillashtirish.

Yongʻin xavfsizligi xizmati oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

a) yongʻinlar profilaktikasini tashkil etish va amalga oshirish sohasida:

yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining ijrosini taʼminlaydi;

yongʻin xavfsizligi sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqadi va ularning amalga oshirilishini tashkil etadi;

yongʻin xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari ishlab chiqilishida ishtirok etadi;

texnik reglamentlar, standartlar, normalar, qoida va boshqa yongʻin xavfsizligi talablarini oʻz ichiga olgan normativ hujjatlarning ishlab chiqilishida ishtirok etadi;

yongʻin xavfsizligi sohasida yongʻinga qarshi targʻibotni, oʻqitishni va axborot bilan taʼminlashni amalga oshiradi;

yongʻinlar va ularning oqibatlari hisobini yuritadi;

yongʻin xavfsizligining ilmiy-texnik jihatdan taʼminlanishini muvofiqlashtiradi;

belgilangan tartibda yongʻin xavfsizligi sohasida litsenziyalashni amalga oshiradi va sertifikatlashtirishda ishtirok etadi;

modda, materiallar, buyum va asbob-uskunalarning yongʻin xavfsizligini hamda yongʻin-texnik mahsulotlarni tadqiq qilish va sinash ishlarini tashkil etadi va oʻtkazadi;

b) yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish hamda aholi yashash punktlarida, boshqa hudud va obyektlarda yongʻin xavfsizligini talab darajasida saqlash sohasida:

davlat yongʻin nazoratini amalga oshiradi;

yongʻin xavfsizligi talablaridan asosli ravishda chetga chiqilgan yoki bunday talablar mavjud boʻlmagan taqdirda binolar, inshootlarni va boshqa obyektlarni qurish, mukammal taʼmirlash, rekonstruksiya qilish, kengaytirish va texnik jihatdan qayta jihozlashga doir loyiha hujjatlarining yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishiga taalluqli qismini koʻrib chiqadi;

qurilish uchun maydonlar (trassalar) tanlash (ajratish) komissiyasining, shuningdek qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilib olish komissiyalari ishida ishtirok etadi;

obyektlarning qoʻriqlanishini, shu jumladan alohida muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlarda (keyingi oʻrinlarda alohida muhim obyektlar deb ataladi) belgilangan tartibda taʼminlaydi;

v) yongʻinlarni oʻchirishni tashkil etish, yongʻin zonasida qolgan odamlarni hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini qutqarish, shuningdek atrof tabiiy muhitni yongʻinlardan himoya qilish sohasida:

yongʻindan saqlash xizmati boʻlinmalarini yongʻinni oʻchirish texnikasi va boshqa texnika vositalari bilan jihozlash sohasida yagona texnik siyosatni amalga oshiradi;

yongʻinni oʻchirishni tashkil etish, yongʻin xavfsizligi garnizon va smena xizmatini olib borish meʼyoriy hujjatlarini hamda yongʻinni oʻchirish bulinmalari faoliyatini belgilovchi hujjatlarni ishlab chiqadi;

yongʻinni oʻchirish kuch va vositalarini jalb etishning tezkor va boshqa rejalari ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini taʼminlaydi;

texnogen xavf, portlash va yongʻin xavfi yuqori boʻlgan zonalar (obyektlar) boʻyicha davlat kadastri yuritilishini amalga oshiradi;

barcha turdagi yongʻindan saqlash xizmati boʻlinmalarining yongʻinlarni oʻchirishga shayligi holati va yongʻinlar profilaktikasiga doir ishlarning bajarilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi;

boshqa turdagi yongʻindan saqlash xizmatlari, vakolatli organlar, avariya-taʼmirlash va boshqa shoshilinch xizmatlar bilan yongʻinlarning oʻchirilishini tashkil etishni taʼminlash boʻyicha hamkorlikni amalga oshiradi;

yongʻin xavfsizligi xizmatining fuqaro muhofazasi, yongʻindan saqlash xizmatining fuqaro muhofazasi maxsus tuzilmalarining jangovar va safarbarlik tayyorgarligi tadbirlarini tashkil etadi, shuningdek favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish tizimida yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha funksiyalarni bajaradi;

idoraviy va koʻngilli yongʻindan saqlash xizmati boʻlinmalari hisobotini yuritadi;

g) yongʻin xavfsizligi xizmati boʻlinmalari xodimlarining malakasini oshirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlashning samarali tizimini yaratish, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish tartibini takomillashtirish sohasida:

yongʻin xavfsizligi xizmatining boshqaruv organlari va boʻlinmalari tizimida kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyishni amalga oshiradi;

yongʻin xavfsizligi va yongʻindan saqlash xizmati boshqa turlarining shaxsiy tarkibining dastlabki kasbiy, psixologik, jismoniy tayyorgarligi va malakasi oshirilishini hamda yongʻin amaliy sporti rivojlantirilishini taʼminlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Xalqaro hamkorlik boshqarmasi vositachiligida yongʻin xavfsizligi sohasi boʻyicha, shu jumladan yongʻin xavfsizligi xizmatining ofitserlar tarkibini tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalasi boʻyicha xorijiy davlatlarning oliy yongʻin-texnik taʼlim muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.

Yongʻin xavfsizligi xizmati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajaradi.

17.07.2018
137
Kalendar
Сентябрь 2017
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
So'rovnomalar
Qanday mavzulardagi yangiliklar sizni boshqalardan ko‘ra ko‘proq qiziqtiradi?
  • Sodir bo'lgan yong'inlar haqida ma'lumotlar
  • Jinoyatchilikka oid yangiliklar
  • IIV yangiliklari
  • Xalqaro hamkorlik
  • Menga baribir

Yong‘in bolalar nigohida
This is Photoshop's version of Lorem Ipsum. Proin gravida nibh vel velit auctor aliquet. Aenean sollicitudin, lorem quis bibendum auctor, nisi elit consequat ipsum, nec sagittis sem nibh id elit. Duis sed odio sit amet nibh vulputate cursus a