Sayt test rejimida ishlamoqda
« Yong'in xavfsizligini
ta'minlash - eng ustuvor vazifa! »
Termin va asosiy tushunchalar

Yongʻin – odamlarning hayoti va (yoki) sogʻligʻiga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga, shuningdek atrof tabiiy muhitga zarar yetkazadigan, nazorat qilib boʻlmaydigan yonish;

Yongʻinni qurshab olish – insonlar va (yoki) xayvonlar xayotiga xavf soluvchi tahdidlarni mavjud emasligi yoki bartaraf etilganligi koʻrsatuvchi yongʻin oʻchirish bosqichi hisoblanadi, yongʻinni tarqalishi cheklangan va uni bartaraf etish uchun mavjud kuch va vositalar yordamida yaratilgan sharoit;

Yongʻinni bartaraf qilish – yongʻinni batamom oʻchirib, uning qayta yonish imkoniyatini tugatish;

Yongʻin xavfsizligi kuch va vositalari – yongʻin xavfsizligining shaxsiy tarkibi, yongʻin oʻchirish texnikalari, aloqa va boshqaruv vositalari, yongʻin oʻchirish va uning texnik vositasi, yongʻin xavfsizligi xizmatida mavjud asobob-anjomlar;    

Yongʻin oʻchirish uchastkasi – yongʻin oʻchirishni bajarish uchun kuch va vositalar yigʻilgan joy;

Yongʻinda tezkorlik shtabi – yongʻinda kuch va vositalarni boshqarish uchun vaqtincha tuzilgan tuzilma;

Yongʻinda vaziyatni baholash – yongʻin holatini aniqlash natijasida hamda olingan maʼlumotlar tahlilini umumlashtirish asosida qilingan xulosa;

Yonin oʻchirish vositasi – oʻzining fizik-kimyoviy xususiyatlari bilan yongʻinning toʻxtatilishiga sharoit yaratadigan vositalar;

Gaz va tutundan himoyalash xizmati bazasi – himoya apparatlarini saqlash, tekshiruvdan oʻtkazish, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish uchun tashkil etilgan maxsus xonalar;

Gaz va tutundan himoyalash xizmati nazorat xonasi – himoya apparatlarini saqlash, tekshiruvdan oʻtkazish uchun yongʻin xavfsizligi qismlarida, yongʻin oʻchirish shtablarida va oʻquv yurtlarning yongʻin xavfsizligi qismlarida tashkil etilgan xona;

Nafas olishga yaroqsiz boʻlgan muhit – odam sogʻligʻiga xavf soluvchi, tutun va zaharli gazlar toʻplangan hudud;

Himoya apparat – nafas olishga yaroqsiz boʻlgan muhitda, odamning nafas olish yoʻllarini himoya qiluvchi vosita;

Yongʻin oʻchirish tezkor reja - tezkor-taktik jihatdan tuzilishi murakkab, portlash xususiyatiga ega, yongʻin chiqish xavfi yuqori boʻlgan obyektlarda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan yongʻinlardagi taxminiy vaziyatni va rivojlanayotgan yongʻinlarni bartaraf etishda yuzaga keladigan turli holatlarga tayyor boʻlishni taʼminlovchi tezkor hujjat;

Yongʻin oʻchirish tezkor varaqasi – iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarining asosiy maʼlumotlarini oʻz ichiga olgan tezkor hujjat;

Yonin xavfsizligi garnizoni – maʼlum bir hududda joylashgan Davlat yongʻindan saqlash xizmatining boshqaruv idoralari va boʻlinmalari,  ilmiy-tadqiqot muassasalari va yongʻin-texnik taʼlim muassasalari hamda tegishliligidan qatʼiy nazar yongʻinlarni bartaraf etishga moʻljallangan idoraviy tuzilmalar;

Navbatchi smena xizmati – yongʻin xavfsizligi qismlarining navbatchi smenalarida tashkil etiladigan, ushbu qismlarning kuch va vositalarining doimiy jangovar shayligini taʼminlovchi yongʻin oʻchirish xizmati turi;

Kuch va vositalarni jalb qilish rejasi – yongʻindan saqlash xizmati garnizoni hududida sodir boʻlgan yongʻinlarni bartaraf etishga yongʻindan saqlash xizmatining kuch va vositalarini jalb qilish tartibini belgilovchi tezkor hujjat;

Qism chiqish hududi – yongʻin sodir boʻlganligi toʻgʻrisida xabar olinganda, jadval asosida kuch va vositalar birinchi navbatda yuboriladigan hudud;

Favqulodda vaziyat – yongʻinni bartaraf etish uchun mazkur hududda joylashgan yongʻindan saqlash xizmati garnizoni hamda hayot maromini taʼminlovchi boshqa xizmatlarning kuch va vositalari yetarli boʻlmagan, yongʻindagi vaziyat;

yonish - hech boʻlmaganda quyidagi uchta omildan biri: alanga, yorugʻlik (nur) sochish, tutun ajratib chiqarish bilan kuzatiladigan, moddaning oksidlanish ekzotermik reaksiyasi;

chaqnash - qisqa muddatli koʻrinadigan yorugʻlik (nur) sochish bilan kuzatiladigan gaz, bugʻ va havo aralashmasining yonuvchan moddaning yuzasida tez yonishi;

portlash - harakatga keltira oladigan, siqilgan gazlarning paydo boʻlishi va energiya ajralishi bilan kuzatiladigan, portlash xavfi boʻlgan muhitning tez ekzotermik kimyoviy oʻzgarishi;

yongʻinning xavfli omillari - taʼsiri odamlarning kuyishiga yoki boshqa tan jarohati olishiga, tutun asoratlari bilan zaharlanishga yoki halok boʻlishiga va (yoki) mulkiy zarar yetkazishga olib kelishi mumkin boʻlgan yongʻin alomatlari. Yongʻinning xavfli omillariga yuqori harorat, tutun bilan qoplanish, gaz muhiti tarkibining yomonlashishi kiradi;

yongʻin oqibatlari - odamlarning halok boʻlishi; tan jarohati olishi, zaharlanishi; kuyishi, hayvonlarning nobud boʻlishi; binolar, inshootlar, tovar-moddiy boyliklar, asbob-uskunalar, hujjatlar, sanʼat asarlari, uy jihozlarining butkul yonib ketishi yoki zararlanishi, atrof tabiiy muhitga zarar yetkazish;

yongʻinda halok boʻlgan - bevosita yongʻin sodir boʻlgan joyda kuyish, yonish va tutun asoratlaridan zaharlanish, qurilish konstruksiyalarining qulashi oqibatida olgan tan jarohatlari va boshqa omillar natijasida yoki tibbiyot muassasalarida davolanish davrida tan jarohatini olgan kundan boshlab 30 sutka ichida halok boʻlgan shaxs. Bu vrachlar koʻrigi xulosasi yoki sud-tibbiy ekspertizasi natijasi asosida aniqlanadi;

yongʻinda jabrlangan va tan jarohati olgan - kuyish yoki boshqa tan jarohati olishi, yonish asoratlaridan zaharlanishi tufayli kamida bir kunga mehnat qobiliyatini yoʻqotgan yoki kasalxonaga yotqizilgan yoxud birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgandan soʻng qatnab davolanish (ambulatoriyada) buyurilgan shaxslar;

badan shikastlanishi (jarohat) - odam aʼzolari va toʻqimalarining anatomik butunligi yoki fiziologik faoliyatining buzilishi;

yongʻindan yetkazilgan mulkiy zarar - yongʻindan zararlangan yoki nobud boʻlgan moddiy boyliklarning qiymat ifodasi;

nobud boʻlgan moddiy boyliklar - yongʻin oqibatida oʻz qiymati va sifatini toʻliq yoʻqotgan, belgilangan maqsadda foydalanib boʻlmaydigan va taʼmirlash yoʻli bilan keyinchalik foydalanish uchun yaroqli holatga keltirib boʻlmaydigan moddiy boyliklar;

zararlangan (shikastlangan) moddiy boyliklar - tiklash (taʼmirlash) yoʻli bilan foydalanish uchun yaroqli holatga keltirib boʻladigan moddiy boyliklar;

bevosita haqiqiy talafotlar - yongʻinning xavfli omillari bevosita taʼsiri oqibatida nobud boʻlgan va (yoki) zararlangan (shikastlangan) moddiy boyliklarning pul bilan baholangan ifodasi;

eksterritoriallik maqomiga ega obyektlar - diplomatik munosabatlar haqidagi (1961 yil 18 apreldagi) Vena konvensiyasining hamda konsullik munosabatlari haqidagi (1963 yil 24 apreldagi) Vena konvensiyasining nizomlariga asosan immunitetga ega boʻlgan chet el davlatlarining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining xonalari, Birlashgan Millatlar Tashkilotining vakolatxonalari va ixtisoslashtirilgan muassasalari hamda boshqa xalqaro tashkilotlarning xonalari, agar ularning xonalariga immunitetlarning joriy etilishi shartlari Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida koʻzda tutilgan boʻlsa.

02.11.2018
97
Kalendar
Сентябрь 2017
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
So'rovnomalar
Qanday mavzulardagi yangiliklar sizni boshqalardan ko‘ra ko‘proq qiziqtiradi?
  • Sodir bo'lgan yong'inlar haqida ma'lumotlar
  • Jinoyatchilikka oid yangiliklar
  • IIV yangiliklari
  • Xalqaro hamkorlik
  • Menga baribir

Yong‘in bolalar nigohida
This is Photoshop's version of Lorem Ipsum. Proin gravida nibh vel velit auctor aliquet. Aenean sollicitudin, lorem quis bibendum auctor, nisi elit consequat ipsum, nec sagittis sem nibh id elit. Duis sed odio sit amet nibh vulputate cursus a